empty

SHAXSIY AXBOROT

Siz o'zingizning haqiqiy yoki demo-hisob varag'ingizda amallar bajarayotganingizda biz masalan, Sizning moliyaviy ehtiyojlaringizni baholash uchun, Sizning talablaringiz va amallaringizga ishlov berish uchun, Sizga qiziqarli bo'lishi mumkin bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar to'g'risida xabar qilish uchun va Sizning hisob-varag'ingizga xizmat ko'rsatish uchun Siz haqingizdagi axborotni ish maqsadlarida so'raymiz. Bunday axborot o'z ichiga quyidagilarni qamrab olishi mumkin:

  • Anketa ma'lumotlari – talabnoma blankalarida va boshqa shakllarda Siz taqdim etadigan axborot: F.I.Sh., aloqa qilish uchun ma'lumotlar, elektron pochta, tug'ilgan sana, mashg'ulot фturi, mulk va daromad darajasi.
  • Operatsiyalar to'g'risida axborot – Sizning biz va bizning hamkorlarimiz o'rtasidagi faoliyatingiz to'g'risida, shuningdek bizning Siz bilan o'tkazgan muzokaralarimiz to'g'risida ma'lumot. Masalan, Sizning hisob varag'ingiz balansi, savdo faoliyatingiz. Sizning talabnomalaringiz va bizning javoblarimiz, ko'rilgan choralar.
  • Tekshiruvchi axborot – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan, pasport yoki haydovchilik guvoxnomasi. InstaForeks kompaniyasining faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ochiq manbalardan yoki boshqa tuzilmalardan biz oladigan umumiy xususiyatga ega bo'lgan ma'lumotlar ham misol bo'lishi mumkin. Pulni o'zlashtirishga qarshi siyosat bizdan Sizning shaxsingizga identifikatsiya qilish uchun axborot to'plash va zarur choralarni ko'rishni talab etadi.
  • Sizning obunalaringiz to'g'risida axborot.

COOKIES – FAYLLAR TO'G'RISIDA

Cookies – bu saytga tashrif buyuruvchining kompyuterida saqlanadigan, uncha katta bo'lmagan fayllar bo'lib, ularda mazkur saytdan o'tishlarni va tashriflar statistikasini kuzatib borish uchun foydalaniladigan axborot bo'ladi. Mazkur axborot reklamaning eng samarali yo'nalishlarini aniqlashga imkon beradi, hamda saytga tashrif buyuruvchilarning faolligining umumiy manzarasi to'g'risida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. InstaForeks kompaniyasi yoki uning istagan loyihasi kompaniyaning dasturiy ta'minoti bilan ishlashni ta'minlashda bu fayllardan foydalanishi mumkin. Cookiesda saqlanayotgan axborot anonim hisoblanadi va foydalanuvchini bir ma'noda identifikatsiya qila olmaydi.


HIMOYALASH TEXNOLOGIYASI

InstaForeks Xavfsiz Ulanishlar Protokoli (SSL)dan - Siz taqdim etgan ma'lum bir axborotni himoya qilish uchun kodlash texnologiyasidan foydalanadi. Texnologiyalarning bu ko'rinishi Sizning axborotingizni bizga uzatayotganingizda InstaForeks kompaniyasidan tashqari boshqalar tomonidan ushlab qolinishidan Sizni himoya qiladi. Biz o'z veb-saytlarimizning to'la xavfsizligini ta'minlash uchun va ularning tarmoq standartlariga mos kelishi uchun sidqidildan ishlamoqdamiz. Biz shuningdek himoya qilishning boshqa vositalaridan ham foydalanamiz, jumladan, kirishni cheklash tizimi (masalan, parollar va shaxsiy identifikatsion raqamlar), shuningdek ma'lumotlar bazalari va tizimlarga ruxsat etilmagan kirishni nazorat qilish mexanizmi.


HAMKORLARIMIZGA AXBOROT TAQDIM ETISH

Biz yuqorida tavfsiflangan shaxsiy ma'lumotlarni hamkorlarimizga ish maqsadida, jumladan mijozlarning hisob-varaqlariga xizmat ko'rsatish va kompaniyaning yangi maxsulotlari hamda xizmatlari to'g'risida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xabardor qilish kabilarni taqdim etishimiz mumkin. Bizning hamkorlarimiz qatoriga bizga tegishli bo'lgan yoki bizning nazoratimizda bo'lgan kompaniyalar, shuningdek kompaniyaning kapitalida ishtirok etish ulushiga ega bo'lgan kompaniyalar kirishi mumkin. Hamkorlarimiz InstaForeks kompaniyasi kabi mazkur siyosatga muvofiq maxfiylikka kafolat berishadi.


UCHINCHI SHAXSGA AXBOROTNI TAQDIM ETISH

InstaForeks Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxsga taqdim etmaydi, bundan yuqorida tavfsiflangan qoidalar mustasno. Uchinchi shaxslar ro'yxatiga InstaForeks kompaniyasi nazorat qiladigan faqat texnik xizmatlarni taqdim etish uchun texnik qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydigan, shaxsiy ma'lumotlarning va ulardan foydalanishning maxfiyligini saqlashga kafolat beradigan boshqa kompaniyalar kirishi mumkin. Biz shuningdek Sizning shaxsiy axborotingizni uchinchi shaxslarga Sizning yo'riqlaringizni bajarish uchun taqdim etishimiz mumkin. InstaForeks Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni hech qachon sotmaydi.


TARTIBGA SOLIB TURUVCHI ORGANLARGA AXBOROT TAQDIM ETISH

Ma'lum bir holatlarda InstaForeks kompaniyasi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizga kirish uchun uchinchi shaxslarga ruxsat berishi mumkin. Masalan, biz Sizning ma'lumotlaringizni o'zimizning huquq va mulkimizni himoya qilish maqsadida sudda qatnashish talabi yoki boshqa rasmiy talablar mavjud bo'lganda tartibga soluvchi organlar va huquq tartiboti organlari bilan hamkorlik qilish uchun ochib berishimiz mumkin. Bundan mazkur qoidalar mustasno bo'lib, biz Cizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan boshqa maqsadlarda Sizning ruxsatingizsiz foydalanmaymiz.


AXBOROTNI OCHISHDAN BOSH TORTISH

Siz biz so'rayotgan biror bir shaxsiy ma'lumotingizni ochishga majbur emassiz, lekin bizga kerakli ma'lumotlarni ololmaganimiz taqdirda biz Sizga hisob-varag'ini ocha olmaymiz va unga xizmat ko'rsata olmaymiz. Bizlar taqdim etayotgan ma'lumot haqiqiy, to'liq va yangi bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan xamma narsani qilamiz, mijozlarga shaxsiy ma'lumotlardagi har qanday o'zgarishlar to'g'risida kompaniyani xabardor qilishni tavsiya etiladi.


Agar Siz shaxsiy ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga, yuqorida tavfsiflangan xollardan tashqari ma'lum bo'lishini istamasangiz, bu bilan ko'rsatilgan elektron pochta bilan bog'laning: clients@instaforex.com yoki quyidagi pochta manziliga xat jo'nating:

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок